Shuhrat's Blog

Shaxsiy blog saytim

October 25, 2025

Bu saytni boshqalarga ham foydali bo’lishi mumkin deb hisoblagan fikrlarimni yozish uchun yaratdim. Telegramda blogim bor, lekin u yerda kam yozaman. Bu saytda ko’proq va uzunroq postlar yozmoqchiman.

Kam yozishimning asosiy sababi, boshqalarni qimmatli vaqtini foydasiz ma’lumotlar bilan o’g’irlamaslik edi. Har qanday post yozishdan oldin “Buni o’zim o’qisam foyda olamanmi?” deb o’ylab ko’rardim.

Endi ko’proq yozmoqchiman. Ko’proq yozmoqchi bo’lsam tayinli narsa yozishim kerak, tayinli narsa yozish uchun o’zimda tayinli narsa bo’lishi yoki yozgan mavzuyimda tayinli ma’lumotlarni yozishim kerak. Bu men uchun oson emas, ko’p vaqt talab qiladi.

Yozish o’zimni rivojlantirish uchun, yangi narsalarni yaxshiroq va chuqurroq o’rganish uchun. O’zim uchun ancha vaqtdan beri fikrlarimni yoki eshitgan foydali matnlarni yozib yuraman. Endi esa boshqalar uchun ham yozish vaqti keldi deb hisoblayabman.

Dasturlash, texnologiya va hayotdan o’rgangan tajribalarimni ulashmoqchiman. Agarda bir kishiga ham foydasi tegsa, mening maqsadim amalga oshgan bo’ladi.

Bu postni o’qish ham o’quvchiga bevosita foyda bermaydi, shunday bo’lsa ham yozganlarimni o’qiyotgan o’quvchi men nima maqsadda yozayotganimni bilishini hohladim. Bu saytdagi birinchi maqola sifatida saqlanib qoladi va kelajakda nima uchun boshlagan ekanligimni eslatib turadi.

Kelgusi postlarda ko’rishguncha!